RTSP.uz — video kuzatuv platformasi
CCTV kameralarni bir joydan boshqarish: HLS onlayn efir, YOLOv8 bilan odam sanash, audio yozish va transkripsiya, tashqi tizimlar uchun REST API va o'rnatiladigan pleyer.
- Computer Vision
- Django
- Docker
- Go
- PostgreSQL
- Python

Muammo
Tashkilotlarda o'nlab RTSP kameralar bor, lekin ularni brauzerda ko'rish, tahlil qilish va boshqa tizimlarga ulash uchun yagona vosita yo'q.
Yechim
Django asosidagi platforma: RTSP oqimlarni HLS'ga aylantirib brauzerda ko'rsatadi, YOLOv8 modeli kadrlar bo'yicha odamlarni sanaydi, audio kanal yozib olinib Whisper bilan matnga aylantiriladi. HMAC-token autentifikatsiyali REST API va iframe-pleyer orqali tashqi tizimlarga integratsiya qilinadi.
Natija
- Bir panelda cheksiz kamera, jonli HLS efir
- Odamlar oqimi statistikasi (kirish/chiqish, band vaqtlar)
- Ochiq API — boshqa saytlarga bir qator kod bilan o'rnatiladi